Bo'lim: ‘VTP yangiliklari’

“Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish” mavzusida davra suhbati

Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda turli vazirlik va idora vakillari, umumta’lim maktablari rahbarlari va chet tili o‘qituvchilari ishtirok etdi. Anjumanda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizning “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borilayotgan […]

Qo‘llanmalarni joylarga yetkazish tartibi tasdiqlandi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturiga asosan maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni maktabga tayyorlashga mo‘ljallab chop etilgan besh nomdagi («Nutq o‘stirish, o‘qish va savodga tayyorgarlik», «Matematik tasavvurlarni shakllantirish», «She’riy asarlar to‘plami», «Nasriy asarlar to‘plami», «Sog‘ tanda — sog‘lom aql») qo‘llanmalarning joylarga yetkazilishi va ulardan oilalarning foydalanishini ta’minlash tartibi tasdiqlandi. Xalq ta’limi […]

Bilimlar kuni

Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida 2 sentyabr kuni birinchi qo`ng`iroq sadolari yangrab, «Bilimlar kuni” tadbiri va «Mustaqillik darslari” bo`lib o`tdi. Bu yil 587 ming nafardan ziyod o`g`il-qiz maktablarning birinchi sinfiga o`qishga bordi. An’anaga ko`ra 12 nomdagi sifatli o`quv anjomlari, darsliklar hamda o`quvchi sumkasidan iborat Prezidentimiz sovg`alari o`quv yilining dastlabki kunida ularga tantanali tarzda topshirildi. Davlatimiz rahbarining 2012 […]

Yoshlarga e`tibor

Ma’lumki, sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish masalalari umummilliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Zero, xalqimiz mustahkam oila barpo etish, o`g`il-qizlarini har tomonlama yetuk qilib kamol toptirish, ularning baxtidan quvonishdek ezgu fazilatlarga tayanadi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi, «Ta’lim […]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Avvalo, sizlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, barcha-barchangizga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. Bugun biz mana shu qutlug‘ ayyomni keng nishonlar ekanmiz, siz, azizlarning bolalarimiz, yosh avlodimizga bilim va tarbiya berishdek o‘ta murakkab, o‘z kasbiga mehr va sadoqatni, butun borlig‘ini bag‘ishlashni, fidoyilikni […]