Maktab nizomi

MAKTAB NIZOMI

1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi asosiy ta’lim-tarbiya muassasasi bo’lib, o’z faoliyati mobaynida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’grisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmonlari, qarorlari, jumladan, 2007 -yil 26- fevraldagi PF-3857-sonli «Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni, 2007- yil 29- martdagi PK-609-sonli «Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 5 -yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida»gi 5-sonli, 1998- yil 13 -maydagi «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi 203-sonli hamda 2004- yil 9- iyuldagi «2004-2009- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 321-sonli, 2005- yil 21- dekabrdagi «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida»gi 275-sonli, 2007 -yil 30- martdagi «Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida»gi 63-sonli qarorlari asosida tashkil qilingan bo’lib, o’z faoliyatida yuqoridagi hujjatlarga, hukumatning, xalq ta’limi vazirligining ta’lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruq va ko’rsatmalariga va mazkur Ustavga amal qiladi.


1.2. Maktab ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, o’quvchi-yoshlarga 1-9- sinf hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o’rta ma’lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta’lim muassasasidir.
1.3. Maktab xalq ta’limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhri, shtampiga, g’aznachilik bo’limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilarga ega bo’ladi.
1.4. Maktabning moddiy-texnika tizimini mustahkamlash maqsadida byudjetdan tashqari tushumlar uchun bank bo’limlarida maxsus hisob raqamiga ega bo’ladi.
1.5. Maktab umumiy o’rta ta’lim muassasasini attestatsiya va akkreditatsiya qilish natijasiga ko’ra Davlat test markazi huzuridagi kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va attestatsiya boshqarmasi o’tkazgan attestatsiya natijalariga ko’ra xalq ta’limi tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki ta’limning bir turdan boshqa turiga o’zgartirilishi mumkin.

2. MAKTABNING MAQSADI VA VAZIFALARI

2.1. Maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash, shaxsning ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro’yobga chiqarishdan iborat.
2.2. Ta’limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta’limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko’maklashadi.
2.3. Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiradi, o’quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan, ularning o’z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo’shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
2.4. Bolalar huquqlarini ta’minlash, ularning qadr-qimmatini e’zozlash, bolalarga do’stona munosabatga bo’lish muhitini shakllantirish maktabning asosiy vazifalaridan biridir.
2.5. Maktabning asosiy vazifalari:
— o’quvchining qaysi millatga, dinga, irqqa mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, umumiy o’rta ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi;
— ta’limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligini, ilmiyligi va dunyoviyligini ta’minlaydi;
— iste’dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo’llab-quvvatlaydi, rag’batlantiradi;
— o’quvchilarga puxta bilim va ko’nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkil etadi;
— o’quvchilarga milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g’oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi;
— o’quvchilarda mustaqil O’zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog’i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalaydi.
2.6. Maktabda sifatli umumiy o’rta ta’lim berish asosida quyidagi pirovard natijalarga erishiladi;
— bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat
oldidagi mas’uliyatini to’la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tadbih eta biladigan shaxs sifatidan kamol toptirish;
— axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o’zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor sog’lom avlodni yetkazib berish;
— maktabda ta’lim-tarbiya oluvchilarni o’rta -maxsus o’quv muassasalarida o’qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir.

3. Maktab ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni va uni tashkil etish.

3.1. Maktabdagi ta’lim jarayoni umumta’lim dasturining ikkinchi bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:
a) boshlang’ich ta’lim- I- IV sinflar;
b) umumiy o’rta ta’lim- I- IX sinflar.
3.2. Boshlang’ich ta’lim:
— o’quvchilarining o’qish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim va ko’nikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq va xulq madaniy asoslarini shakllantiradi, shaxsiy gigiyena va sog’lom turmush tarzini ta’minlashga asos yaratadi.
3.3. Birinchi sinfga 7 yoshli o’g’il — qizlar to’la va 6 yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor, tibbiy pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmat ko’rigidan o’tgan bolalar xalq ta’limi bo’limidagi tashxis komissiyasining xulosasiga binoan qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish o’quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
3.4. Maktab ta’limi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3.5. Maktabdagi ta’lim tili O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Ta’lim To’g’risida»gi qonunlariga muvofiq belgilanadi. Ta’lim tilini tanlashda mazkur maktab hududida istiqomat qiladigan ota-onalarning xohish-istaklari inobatga olinadi.
3.6. Davlat ta’lim standartlari talablari doirasida o’quv dasturini o’zlashtira olmagan o’quvchilarga yordam ko’rsatish uchun boshlang’ich va 5- 9- sinflarda, pedagogik qo’llab- quvvatlashning turli shakllari (korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hakozo), ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maxsus sinflar hamda uyda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.
3.7. Maktab o’quvchilariga tibbiy xizmat ko’rsatish, maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma’muriyat bilan teng ravishda bola sog’ligi uchun mas’uldir
3.8. Maktabda o’quvchilarini sinfdan-sinfga ko’chirish, yakuniy attestatsiyalarni o’tkazish xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (Nizom, Yuriqnoma)ga asosan amalga oshiriladi.
3.9. O’quvchilarni tibbiy komissiya xulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko’chirish yoki yakuniy attestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi qushma buyrug’iga asosan hal etiladi.
3.10. O’quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlarning berilish tartibi, yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
3.11. Maktabning yakuniy attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta’limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi.
3.12. Maktab o’z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I- IX sinflarda o’qishi lozim bo’lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to’liq jalb etishni amalga oshiradi.
3.13. Maktablardagi darsning, o’quv choragi va o’quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar buyicha darslar jadvali, sinflarning to’ldirilishi va o’quvchilarga beriladigan o’quv yuklamalari umumiy o’rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
3.14. Maktabda o’quv yili 1- sentabrdan boshlanadi va 31-avgustda tugaydi. o’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 2 sentabrdan boshlanadi va 25 mayda tugaydi.O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 4 chorakka ( 2 yarim yillikka) bo’linadi, ularning boshlanishi va oxiri o’quv rejasi bilan belgilanadi. O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari amaliy mashg’ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta, 1 -sinflarda esa 33 hafta davom etadi, ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyining ikkinchi o’n kunligida 1 hafta ta’til beriladi. O’quv yili davomida kuzgi, qishki, bahorgi ta’tillar kamida 30 kalendar qilib belgilanadi va xalq ta’limi vazirligining buyrug’i (tayanch o’quv rejasini tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi. Yozgi ta’til o’quv yili mashg’ulotlari (imtixonlari) tugagan kundan boshlab 31- avgustgacha davom etadi.
3.15. Maktabda o’quv ishlari va mashg’ulotlari bayram kunlari o’tkazilmaydi. 1- yanvar- Yangi yil, 8- mart- Xotin- qizlar bayrami, 21- mart- Navro’z bayrami, 9- may- Xotira va qadrlash kuni, 1- sentabr- Mustaqillik kuni, 1- oktabr- o’qituvchilar va murabbiylar kuni, 8- dekabr- Konstitutsiya kuni, Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarining 1- kuni.
3.16. Maktabda kundalik o’quv mashg’ulotlari soni va tartibi maktab direktori
tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o’quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanavvul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
3.17. 1- sinf o’quvchilariga uy vazifasi berish majburiy emas. 2-9-sinf o’quvchilariga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifalari beriladi
3.18. Maktab o’quvchilarining bilimlari xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
3.19. Maktab uchun iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish, ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, iqtidorli o’quvchilardan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan sinf o’quvchilari maxsus, shu jumladan, mualliflik (variativ) o’quv dasturlari va yakka tartibdagi dasturlar asosida ta’lim olishlari mumkin.
3.20. Maktabdagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar va to’garak ishlari o’quvchilar va
ota-onalarning xohish istaklari, o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o’tkaziladi.

4. O’QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI.

4.1. O’quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
— davlat standartlariga muvofiq bepul umumiy ta’lim olish;
— o’z insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilish, o’z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;
— ta’lim muassasasini boshqarishda qatnashish;
— turli xil ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish, seminarlar, olimpiadalar, ko’rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
— o’quv shaklini mustaqil tanlash;
— qo’shimcha (fakultativ) ta’lim olish xizmatidan foydalanish.
4.2. Maktab o’quvchilari:
— O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, Respublikaning munosib fuqarosi bo’lish, O’zbekiston Respublikasining Gerbi, Bayrog’i va Madhiyasini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog’liq bo’lgan marosimlarni ado etish;
— ta’lim muassasasining Ustavi va ichki -tartib qoidalarini so’zsiz bajarishlari;
— Davlat ta’lim standartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;
-maktabga dars jadvali asosida o’z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari,
— o’quv jarayoni uchun kerak bo’ladigan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o’quv qo’llanmalari, daftarlarini to’liq olib kelishlari;
— Maktabda kiyinish madaniyatiga qo’yilgan talablarga rioya qilishlari;
— o’qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishlari;
— o’z bilimi va amaliy ko’nikmalarini mustaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;
— maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko’rsatishlari;
— maktab va jamoat mulkini avaylab- asrashlari talab etiladi.
4.3. o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktabda «Adolat komissiyasi» tuziladi. Unda ota-onalar tomonidan yozma yoki og’zaki holda berilgan arizalar ko’rib chiqiladi va hal etiladi.
4.4. Jamoat tartib-qoidalarini buzgan, maktab jihozlari va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o’qituvchilar va maktab rahbariyatining shaxsiyatiga tegadigan xatti-harakatlar sodir etadigan o’quvchiga nisbatan mahalliy hokimlik qoshidagi voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo’llaniladi.
4.5. Ayrim fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berish sinflarida o’qib, muntazam ravishda qoniqarsiz baholarni olayotgan o’quvchilar oddiy umumiy ta’lim sinflariga o’tkazilishi mumkin.
— Maktabda amaldagi qonunchilikka asosan o’quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatish huquqiga ega.

5. MAKTAB PEDAGOGIK XODIMLARI.

5.1. Maktab ishiga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo’lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko’ra, direktorning buyrug’i asosida shartnomaga binoan qabul qilinadi;
5.2. Pedagog xodimlarning huquqlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Mehnat kodeksi» bilan belgilanadi.
5.3. Maktab pedagogik xodimlari:
— pedagog-o’qituvchi o’zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;
— maktabda, jamoat orasida o’z bilimi, yurish-turishi, odob-axloqi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari;
— ijtimoiy hayot uchun maqbul bo’lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o’quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo’lishlari;
— maktab obro’si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yilida faollik ko’rsatishlari;
— kasb mahoratining yuksak darajada bo’lishi, ta’lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari;
— o’quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
— o’sib-ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o’rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari;
— o’zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.
5.4. Pedagog o’qituvchilar maktab Ustavi ichki tartib- qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
5.5. Maktab ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o’qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirib bo’riladi.
5.6. Maktabda har bir fan yo’nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida
faoliyat ko’rsatadi va ta’lim-tarbiyaning sifati va samardorligini oshirishga xizmat qiladi.
5.7. O’qituvchilar:
— mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’radi, o’z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
— maktab pedagogik kengash ichida va maktab ma’muriyati tomonidan o’tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;
— maktab direktori va boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo’yicha navbatchilik qiladi;
— o’quvchilarning ota-onalari (ularni o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo’ladi.
5.8. Maktab o’qituvchilari har uch yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug’ilganda malaka oshirish institutlarida o’z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar uchun o’quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so’ng malaka oshirishdan o’tadilar.
5.9. Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestatsiya to’g’risidagi tegishli Nizomga binoan o’tkazilgan attestatsiya natijalariga ko’ra belgilanadi.
5.10. Maktab pedagog xodimlari:
1). Maktab pedagogika kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarida;
2).Ishchilar jamoasining umumiy yig’ilishlarida qatnashish yo’li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.
5.11. Maktab pedagog xodimlarini o’z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
1) O’quvchilarga o’qitilayotgan fanning o’ziga xos xususiyatlarini va o’quvchilarni yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish;
2) ularda umummilliy madaniyatni shakllantirishga, o’quvchilar ixtisoslashtirilgan
yo’nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o’zlashtirishiga ko’maklashish;
3) O’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi
tartibini ta’minlash.
5.11.Barcha fan o’qituvchilari Xalq ta’limi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005 -yil 26- dekabrdagi 315-sonli va 4984-sonli qo’shma buyrug’lari asosida belgilangan pedagogik ish yuklamalaridan kelib chiqib, o’z faoliyatlarini olib borishlari talab etiladi.
5.12.Barcha pedagog xodimlar ped. kengash qarori asosida belgilangan sinflarda o’ziga berilgan darslarni dars jadvali asosida o’tishi lozim, dars jadvalini o’zboshimchalik bilan tuzatishi, ish jarayonida rahbarni ogohlantirmasdan chiqib ketishi taqiqlanadi .

6. MAKTABNI BOSHQARISH

6.1. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari mazkur Ustavning 1.1 (birinchi qism birinchi bandida) ko’rsatilgan hujjatlar asosida olib boriladi.
6.2. Maktabni boshqarish demokratiya, oshkoralik, o’z-o’zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Maktab jamoasi o’ziga yuklangan vazifani ota-onalar, mahalla qo’mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi.
6.3. Maktab pedagogika kengashi maktabni boshqarishning oliy organi hisoblanadi. Maktab direktori o’z lavozimi bo’yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
6.4. Maktabda pedagogik, metodik, vasiylik kengashlari hamda ota-onalar qo’mitasi xalq ta’limi vazirligi buyrug’lari bilan o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli Nizomlar asosida shakllanadi hamda faoliyat ko’rsatadi.
6.5. Maktabning o’quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni maktab direktori olib boradi.
Maktab direktori:
— 6.5.1. Maktab direktori o’quv-tarbiya jarayoniga va maktabning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maktabda ta’lim berish (o’quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning
ma’muriy-xo’jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, maktabda xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi.
6.5.2. Maktab direktori shahar xalq ta’limi bo’limi mudirining taqdimotiga ko’ra tegishli xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo’shatiladi. Maktab direktori ish faoliyatida bevosita shahar XTB mudiriga bo’ysinadi.
6.5.3. Maktab direktori mehnat ta’tilida yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo’lgan davrida uning vazifalari direktorning o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari zimmasiga yuklanishi mumkin. Bu kabi hollarda vazifalarni ijro etish direktor buyrug’i yoki ob’ektiv sabablarga ko’ra tegishli buyruq chiqarish uchun imkon bo’lmasa shahar XTB mudirining buyrug’i asosida amalga oshiriladi.
6.5.4. Maktab direktori o’z iqtisosligi bo’yicha oliy ma’lumotga va pedagogik yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega hamda tegishli attestatsiyadan o’tgan, kamida birinchi toifali o’qituvchi bo’lishi lozim.
6.5.5. Maktab direktori maktab ichida yoki undan tashqarida o’rindoshlik asosida boshqa rahbarlik lavozimlarida (ilmiy va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) ishlashiga yo’l qo’yilmaydi.
6.5.6. Maktab direktorining mansab vazifalari o’rindoshlik asosida ijro etilishi mumkin emas.
6.5.7. Maktab direktoriga uning o’rinbosarlari bevosita bo’ysinadi. Maktab direktori o’z vakolatlari doirasida maktabning har bir xodimi va o’quvchisiga ular uchun bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmani berishga haqli. Maktab direktori maktabdagi har qaysi boshqa xodim (uning o’rinbosari yoki boshqalar)ning farmoyishini bekor qilishga haqli.
6.5.8. Maktab direktori o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
Maktab Ustavi va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq maktab
faoliyatining barcha yo’nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlar va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to’grisida qarorlar qabul qiladi.
Muassasaning rivojlanish dasturlarini, maktabdagi ta’limiy dasturlar, o’quv rejalari,
kurslar, fanlar, o’quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi, maktabning boshqa ichki me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Maktabni yangi o’quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo’lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
Maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o’quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo’jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi.
Maktabning pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va
nazorat qiladi. Kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo’yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning mansab vazifalarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi. O’quvchilar uchun mashg’ulotlar jadvalini, maktab xodimlarining ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikatsion ro’yxatlar va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi.
Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi, jamoada
ijobiy ma’naviy sof muhitni shakllantiradi. Maktab o’quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktabda umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi. Jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga mu’tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab manfaatlarini himoya qiladi. Jihozlarning muhandislik-texnikaviy kommunikatsiyalarni xavfsiz foydalanishini ta’minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo’yicha amal qilayotgan standartlarga, qoidalarga va me’yorlarga muvofiq bo’lgan holatga keltirish choralarini ko’radi, ta’lim muassasasining binosi ko’rikdan o’tkazilishi va ta’mirlanishini o’z vaqtida tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab ichki mehnat tartib- qoidalariga belgilangan tartibda yangi xodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi;
Ishga yangi qabul qilingan shaxslar bilan o’rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi bo’yicha dastlabki ko’rsatma berish, ta’lim muassasasi xodimlari bilan ish joyida ko’rsatma berish tadbirlarini o’tkazadi, ko’rsatma berish tadbiri o’tkazilganini daftarda rasmiylashtiradi.
Xodimlar va o’quvchilarning jarohatlanishi hollarini oldini olish va ular o’rtasida
kasallanish darajasini kamaytirish bo’yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi;
Tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat ko’rsatilishini va sog’lomlashtirishi
ishini yaxshilash choralarini ko’radi;
Kasaba uyushmasi, ota-onalar qo’mitasi va Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab oshxonasida sifatli ovqat tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko’radi;
Ishlayotganlar va o’quvchilarning o’quv-mehnat yuklamasini, ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda, ta’minlaydi, oqilona mehnat va dam olish tartibini tashkil etadi. O’quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayoni o’tkazilishini ta’qiqlashga haqli.
6.6. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari:
6.6.1. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko’ra shahar xalq ta’limi bo’limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo’shatiladi.
6.6.2. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o’quv ishi bo’yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo’yicha ishni tashkillashtiradi.
6.6.3. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.6.4. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosariga bevosita
1) o’qituvchilar; 2) o’quvchilar; 3) laboratoriya xodimlari bo’ysunadi.
6.6.5. Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari
doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi;
Pedagoglar jamoasining faoliyati kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi.
O’qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o’quv rejalarini va dasturlarini bajarish
bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.Zaruriy o’quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.Ta’lim jarayonining sifatini va o’quvchilarning ta’limiy tayyorgarlik natijalari ob’ektiv ravishda baholanishini, to’garaklar va fakultativlar ishini muntazam nazorat qiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan darslar va o’quv mashg’ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi (o’quv yili davomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalarini pedagoglarga ma’lum qiladi..Imtixonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish ishlarini tashkil etadi.
Ota-onalar uchun ma’rifat ishlarini tashkil etadi, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.
Pedagog xodimlarga yangi (innovatsion) dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi; o’quv mashg’ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo’q bo’lgan o’qituvchilarning darslari sifatli va o’z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan va boshqa o’qituvchi o’rniga o’tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi.Belgilangan hisobot hujjatlari o’z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi.Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi;
Uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o’z malakasini oshiradi.Maktab pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishda ishtirok etadi; pedagoglar va o’quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi.
Direktorning ma’muriy-xo’jalik ishlar bo’yicha o’rinbosari ishtirokida o’quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini tashkil etadi.Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha Yo’riqnomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo’yicha bo’limlar ishlab chiqilishini va vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko’rib chiqilishini tashkil etadi.Direktorning tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari bilan hamkorlikda yo’l harakati, suvda va ko’cha-ko’yda o’zini tutish, yongin xavfsizligi qoidalarini o’rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o’quvchilar bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishni amalga oshiradi.Kasaba qo’mitasi bilan hamkorlikda o’quv asboblari va jihozlari, kimyoviy reaktivlar, ko’rgazmali qurollar, maktab mebelidan foydalanish va saqlash xavfsizligining ma’muriy-jamoa nazoratini amalga oshiradi.
Namunaviy ro’yxatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli
ruxsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda, o’quv xonalari va boshqa xonalarda o’rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar, o’quv jihozlari va asboblarni olib qo’yish choralarini o’z vaqtida ko’radi, ta’lim muassasasi xonalarida xodimlar va o’quvchilarning sog’ligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayonini to’xtatib turadi.
Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagoglarning jamiyatdagi o’rniga munosib bo’lgan axloqiy me’yorlarga amal qiladi.
6.7. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari:
6.7.1. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari direktorining taqdimotiga ko’ra shahar xalq ta’limi bo’limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
6.7.2. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq bir tadbirlar o’tkazilganida o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, mahalla qo’mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
6.7.3. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysunadi.
6.7.4. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosariga bevosita: 1) sinf rahbarlari; 2) o’quvchilar; 3) sardorlar; 4) qo’shimcha ta’lim pedagoglari bo’ysunadi.
6.7.5. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: o’quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo’yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o’tkazilishini tashkil etadi.Maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo’mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi.Tarbiyachilar, sinf rahbarlari, katta sardor va bevosita ushbu direktor o’rinbosariga bo’ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiq lashtiradi.
Muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, to’garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o’tkazilishini nazorat qiladi; sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tadbirlarga, to’garaklar mashg’ulotlariga (o’quv yili davomida kamida 180 soat) qatnaydi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni xabardor qiladi.
Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo’yicha ota-onalarni (ularning o’rnini
bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi.Maktab direktorining o’quv-tarbiyaviy ish bo’yicha o’rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy bo’sh vaqt faoliyati bo’yicha mashg’ulotlar jadvallarini tuzadi; vaqtinchalik yo’q bo’lgan xodimlarning o’rniga darslar o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini ta’minlaydi.Maktab bo’yicha belgilangan hisobot hujjatlari, shuningdek, bevosita o’ziga bo’ysunadigan xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar tuzilishini ta’minlaydi.O’quvchilar jamoalariga madaniy va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazishda yordam beradi, to’garaklarda va hokazolarda o’quvchilar kontingentini saqlash choralarini ko’radi, maktabni o’quvchilar bilan to’ldirishda ishtirok etadi.Maktab pedagog va boshqa xodimlarini tayyorlashda va ularni attestatsiyadan o’tkazishda ishtirok etadi.Sinf rahbarlari va bevosita ushbu direktor o’rinbosariga bo’ysunadigan xodimlar tomonidan ularning zimmasiga yuklangan tarbiyaviy ishni tashkil etish bo’yicha vazifalar bajarilishini, o’quvchilarning ixtiyoriy jamoatchilik uchun foydali mehnatini muhofaza qilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ta’minlaydi.Sinf rahbarlari, guruhlar, to’garaklar va sport seksiyalari rahbarlariga safarlar, ekskursiyalar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va h.k.larni tashkil etishda, shu jumladan o’quvchilar mehnati muhofaza qilinishini ta’minlash, jarohatlanishni va boshqa baxtsiz hodisalarni oldini olish masalalarida uslubiy yordam beradi.Tarbiyaviy tadbirlar va ta’lim muassasasidan tashqari o’quvchilar bilan ish olib borishda sanitariya-gigiyena me’yorlari va talablari, mehnatni muhofaza qilish va yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ular bajarilishi uchun tegishli choralar ko’radi.O’quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko’chada, suvda va hokazolarda sodir bo’ladigan jarohatlanishni, YTX, baxtsiz hodisalarni oldini olish bo’yicha tadbirlarni tashkil etadi; ota-onalarni o’quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib borishga jalb etishni tashkil etadi, majmuaviy tarbiyalash tizimi yaratilishiga ko’maklashadi.Maktabdan tashqari tarbiya bo’yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun maktab bilan bolalar qo’shimcha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni bog’laydi va qo’llab-quvvatlaydi.Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamoadagi o’rniga munosib axloq me’yorlariga amal qiladi.
6.8. Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo’yicha vazifalari va majburiyatlari.Yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta’limi muassasasi, shu jumladan, maktab direktori fondining byudjet mablag’larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi.Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta’limi muassasalarini moliyalash bo’limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:pedagog xodimlar ta’rifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab shtat jadvali va xarajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro’yxatga olish; belgilangan tartibda ro’yxatga olingan xarajatlar smetasini, tovarlar va xizmatlar etkazib berish bo’yicha shartnomalarni faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g’aznachiligining hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;belgilangan standartlarga muvofiq umumta’lim maktabi bug’galterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borishini ta’minlash;to’lovlar, oylik maoshni belgilash va to’lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish;
— amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qat’iy rioya qilishni ta’minlash.
Byudjetdan ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari topilgan mablag’lar xarajatlar
smetasining tuzilishini tahlil qilish va tasdiqlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan
foydalanishni xodimlarga ish haqi «Direktor jamg’armasi»dan o’qituvchilarga ustamalarni xolisona tayinlanishi, mukofot va moddiy yordam pullarini asoslangan holda to’lanishi, noqonuniy xarajatlarga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rishi lozim. Ta’lim muassasasining tovar moddiy-boyliklarining saqlanishini 1999- yil 3-sentabrdan 414-sonli qaroriga asosan servis xizmati ko’rsatish faoliyatini tashkil etish, yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yo’naltirish va undan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etadi.
Markazlashtirilgan tartibda ta’lim muassasasiga beriladigan (jihozlar, maktablarga
beriladigan maktab hujjatlari, kam ta’minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki
kiyim-bosh, «Prezident sovg’asi», ko’mir, va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnomalar beradi, qabul qiladi, har bir o’quvchiga yetkazilishini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o’quv ko’rgazmali jihozlar)ning saqlanishini nazorat qiladi.Har o’quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o’quv yiliga taxt qilib, ro’yxat bo’yicha jihozlash, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan xolda) topshirish va o’quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olishni;Kommunal xizmat ko’rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g’aznachilik bo’limlaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etilishini ta’minlaydi.Kommunal to’lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiqlik energiyasi) bo’yicha hisoblagichlarni kundalik ko’rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanishni;Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo’linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko’rishni;
Ta’lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo’lishida farroshlar, binoni qo’riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog’bonlar ishining to’g’ri tashkil qilinishini; Muassasada xodimlar o’rtasida shanbaliklarni, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni;Qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo’lmagan kunlarda xizmat ko’rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro’yxatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to’lab beriladigan mablag’larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishini;
Kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini,
kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirilishini ta’minlaydi.
6.9. Ta’lim muasasasi rahbarining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarining yoki xo’jalik mudirining moddiy javobgarlik bo’yicha vazifalari va majburiyatlari
6.9.1. Maktab direktorining ma’muriy-xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari maktab
direktorining taqdimotiga ko’ra shahar xalq ta’limi bo’limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va bo’shatiladi.
6.9.2. Maktab direktorining ma’muriy-xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga bo’ysinadi.
6.9.3. Maktab direktorining ma’muriy-xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida qo’yidagi mansab vazifalarini amalga oshiradi:
Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatiga, saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o’quv ko’rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir.
Ta’lim muassasasidagi xo’jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda hisobxonaga,
ishchi-xodimlarni ishga kelganligi haqida tabel topshirish.Hisobxonaga oy oxirida kirim, chiqim qilingan moddiy tavar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo’jalik va konselyariya mollarini kirim qilish, ularni o’z vaqtida tarqatish, ro’yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish.Har o’quv yili boshlanguncha barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o’quv yiliga taxt qilib, ro’yxat bo’yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o’quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish.
Kommunal xizmat ko’rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida,
belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g’aznachilik bilimlaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etish.
Kommunal to’lovlar ( gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) bo’yicha hisoblangichlarni kundalik ko’rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish.
Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish
hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo’linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko’rish.
Ta’lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo’lishida farroshlar,
binoni qo’riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog’bonlar ishini to’g’ri tashkil qilish. Bir yilda bir marta muassasa hisobchisi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo’yicha inventarizasiya qilish. Muassasada xodimlar o’rtasida shanbaliklarni, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va ularda faol qatnashish.
Qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bilan
tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo’lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo’lmagan kunlarda xizmat ko’rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro’yxatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to’lab beriladigan mablag’larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish.
Kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini,
kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirish.Yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg’i materiallarini vaqtida yetkazish va sifatli saqlash, va ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlash.Yongin xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo’lishini nazorat qilish.
6.9.4. Ta’lim muassasasi rahbarining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarining zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda:Ta’lim muassasi kassiri naqd pullarini davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo’yicha kassa operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi.Kassa operatsiyalari hisobini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo’yicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa daftarini o’chirishlar va tuzatishlar qilishga yo’l qo’ymasdan olib boradi.Ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (ya’ni xizmat safari xarajatlari, kasallik varaqalari, suyunchi pullari, qarilik nafaqalari) bo’yicha bankda naqd pulga buyurtma beradi va naqd pul oladi hamda xodimlarga o’z vaqtida berilishini ta’minlaydi.
Kundalik tarqatilgan naqd pullar haqida ta’lim muassasasi rahbariga hisobot berib boradi.
Kassaga doir barcha moliyaviy hujjatlar va kassa kitobini yuritadi.Kassada pul mablag’larining saqlanishi va tarqatilmagan pul mablag’larini bank mussasasiga qaytib topshirishiga javobgar hisoblanadi.
6.9.5. Maktablarda bug’galter, moddiy javobgar shaxs lavozimlari kiritiladi.
Maktab bug’galteri o’z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasi belgilangan
umumta’lim maktablari (maktab-internatlari) bug’galteri haqidagi tegishli Nizom talablari
asosida amalga oshiradi:

7. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

7.1. Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
— o’zlarining balog’atga yetmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim
muassasasi turi va o’qish turini tanlash;
— ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lishini talab qilish;
— ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
7.2. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
— bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bo’lishi to’g’risida g’amxo’rlik qilishlari;
— bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnatsevarlik, yaxshilik, muruvvat tuygularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari;
— bolalarini maktabda o’qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
7.3. Ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar maktabda o’quvchilarni manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.
7.4. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda DTS talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar.

8. Maktabning moddiy va moliyaviy xo’jalik ta’minoti.

8.1. Maktabning moliyaviy ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007 -yil 26- fevraldagi PF-3857-sonli «Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni, 2007- yil 29- martdagi PK-609-sonli «Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 30- martdagi 63-sonli «Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida»gi qarori va ular asosidagi Xalq ta’limi vazirligining buyruq va qarorlari asosida tashkil etiladi.Maktabni moliyaviy ta’minlash belgilangan tartibda byudjetdan ajratilgan mablag’lar, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mazkur Ustav asosida tuzilgan shartnomalarning bajarilishidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
8.2. Maktabni samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sarf-xarajatlar davlat tomonidan belgilangan huquqiy me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi va mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi.
8.3. Malaka toifalari «Attestatsiya haqida»gi Nizomga muvofiq maktab xodimlarini
attestatsiyadan o’tkazish jarayonida beriladi.
8.4. Pedagog kadrlarga kasb mahorati va maktabdan tashqari faoliyatlari uchun ustamalar, moddiy rag’batlantirish va mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2005- yil dekabrdagi 275-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
8.5. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilariga tanlov bo’yicha yoki fakultativ mashg’ulotlar uchun o’quvchilar sonidan qat’iy nazar faqat alohida sinf yoki guruh o’quvchilari uchun o’tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to’lash amalga oshiriladi.
8.6. Maktabda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmatlar ko’rsatishga ruxsat etiladi.
8.7. Maktabni moddiy-texnika negizi tarkibiga yer, binolar, sport inshootlari,
kommunikatsiyalar, texnik vositalar, asbob-uskunalar, mebellar, o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun foydalanadigan boshqa mulklar kiradi.
8.8. Maktab binosi texnika-xavfsizligi va sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq
jihozlanadi va foydalaniladi. Maktabni moddiy -texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish mahalliy byudjet hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo’shimcha mablag’lari hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo’shimcha mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
8.9. Maktabning bug’galteriya hisobi boshqa hisob-kitob ishlari maktab direktori, moddiy javobgar shaxs va bug’galterlar tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 30- martdagi 63-sonli qarori asosida olib boriladi.
9. Maktabning xalqaro hamkorlik faoliyati.
9.1. Amaldagi qonunchilikka asosan umumta’lim maktabi xalqaro faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
9.2. Maktab xorijiy mamlakat o’quv muassasalari bilan o’qish, dam olish, olimpiadalarida, ko’rik-tanlovlari o’tkazish yuzasidan tajriba almashish imkoniyatlari doirasida hamkorlik aloqalar o’rnatishi mumkin.