Maktab tarixi

Maktabimiz.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 26 fevraldagi «Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to`g`risida»gi PF-3857-sonli Farmoni,2007 yil 29 martdagi «Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-609-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi «Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to`g`risida»gi 63-sonli qarorlaridan kelib chiqqan holda Gurlan tumani Hokimining 2007 yil 19 may 42-sonli qarori bilan yangi Ustavi tasdiqlanib,qaytadan ro`yxatdan o`tkazilgan.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevral «O`zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini Davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 21-sonli va shu yuzadan Gurlan tumani Hokimining 2010 yil 24 sentabr 592-sonli qarorlariga asosan,maktabni attestatsiyadan 2012 yilning 1-12 fevral kunlari o`tkazilgan.Yagona Davlat registridan 2007 yil 19 may 247-raqam bilan o`tgan.

Maktabimiz tarixi!

   Ta’lim muassasasining eski binosi 1975 yil,yangi binosi 1989 yil tashkil etilgan. Maktabimizning birinchi nomi «Madaniyat» deb nomlanib avval 4 yillik, keyin 7 yillik, undan keyin 8 yillik bo’lib o’zgarib borgan. Binoga, qo’shimcha qilib qurilib kengaytirilib borilgan. Qurilish ishlari mahalliy aholi va koreys millatiga mansub kishilar tomonidan hashar yo’li bilan qurilgan.

1952-1954 yillarda koreys millatiga mansub Tyan maktabga rahbarlik qilgan. 1954 yildan 1956 yilgacha makatabga koreys millatiga mansub T.P. SSoy direktorlik qilgan, shu vaqtda maktab 7 yillik bo’lgan. 1956-1958 yillarda 7 yillik maktabga Yaxshimuratov direktorlik qilgan.

1962 yildan maktab 8 yillikga aylantirilgan va uni «Ulug’bek» nomli 8 yillik maktab deb yuritila boshlagan.

1964-1973 yillarda «Ulug’bek» nomli 8 yillik maktabga Q. Matyoqubov rahbarlik qilgan. «Ulug’bek» nomli 8 yillik maktabga Davlat tomonidan 1970-1975 yillarda qo’shimcha bino qurib berilgan. 1973 yildan 1978 yilgacha Z. Matchanov, 1978 yildan 1988 yilgacha A. Davletov rahbarlik qilgan. 1984 yildan maktab o’rta maktab aylantirilgan. 1988-2002 yillarda Z. O’razmetov rahbarlik qilgan. Shu yillarda maktabda xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari K. Abdujabbarov maktab atrofini obodonlishtirish bo’yicha, mevali va manzarali daraxtlar olib kelib ekkan. Hozirda maktabimiz atrofidagi «Gujum» daraxtlari quloch yoyib ekologiya hamda o’qituvchi, o’quvchilarga huzur bag’ishlayapdi.

2002-2008 yillarda maktabga kimyo-biologiya fani o’qituvchisi oliy toifali ustozimiz Q. Bekimmetov rahbarlik qildi. Maktab 2006 yil yanvar oyidan boshlab 18-sonli «Ulug’bek» nomli o’rta maktab 38-umumiy o’rta ta’lim maktabiga aylantirildi.

2008 yildan boshlab to hozirgi kungacha maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi, I toifali o’qituvchi Bekimmetova Nigora Jumaboyevna rahbarlik qilib kelmoqda. 2014 yilda maktab to’liq kapital tamirlanib sinf xonalari fan xonalari kerakli o’quv jihoz, texnik vositalar bilan taminlandi.

 

Maktabda 

Ta’lim berish o’zbek tilida.

 Ta’lim oluvchilarsoni — 367

Sinflar soni 14 ta
To`garaklar,seksiyalar soni, ta

Ta’lim davomiyligi, 9 yil 9 oy, IV chorak

Ta’lim oluvchilar yoshi, 7 yoshdan 16-yoshgacha»
Dasturlar
Ta’lim dasturlari 355 15
1-4-sinflar 160 5 4 yil 6 yoshdan 11 yoshgacha
5-9-sinflar 195 10 5 yil 10 yoshdan 16 yoshgacha
«Qo`shimcha ta’lim dasturlari
(to`garaklar»
Jismoniy tarbiya yo`nalishi
Voleybol seksiyasi 24 1 3 yil 10 yoshdan 16 yoshgacha
Musiqa yo`nalishi 9yoshdan 16 yoshgacha
Tasviriy san’at yo`nalishi
Yosh rassom to`garagi 5 1 3 yil 6 yoshdan 16 yoshgacha