Xorazm viloyati, Gurlan tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligi hamkorligida prezidentimiz ko'rsatmalariga binoan 2021- yilning noyabr-dekabr oylarida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida poytaxtning barcha mahallarida ma'naviy-ma'rifiy va konsert tadbirlarini o'tkazish rejasi ishlab chiqildi. Jumladan, bugungi tadbir joriy yilning 9-yanvar sanasida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida “Besh uy” mahallasi 38-sonli maktab binosida ham qo`shni “Chinobod” hamda “O`yilma” mahallalari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy va konsert tadbiri o`tkazildi. Mazkur tadbirga har bir mahallada yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar taklif etildi. “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! shiori ostida o‘tkazilgan “Mahallada duv-duv gap” tadbirida tuman hokimi o‘rinbosari Urganch davlat pedagogika instituti “O`zbek va rus tili adabiyoti”kafedrasi o`qituvchisi  Raximova Qurbonoy Matkarimovna,  mahalla faollari, nuroniylar, din ulamolari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish zarurligi haqida fikr bildirib, Prezidentimizning ma’ruzasi mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi.    Fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy bilimlarini oshirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda yoshlar tomonidan turli ko‘ngilochar dasturlar, maktab o`quvchilari  tomonidan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.   Mahalla ahli bunday e'tibordan mamnun. 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@gurlan38-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 

Yil dasturi

Maktab manzili