
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI KUNI
Joriy yilning 13-yanvar kuni Gurlan tumani 38-son umumiy o`rta ta’lim maktabida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlab tadbir tashkil qilindi. Tadbirni maktab direktori Nigora Bekimmetova ochib berdi va Barcha vatandoshlarimizni bu bayram bilan muborakbod etdi. Shundan so`ng maktab o`quvchilari ishtirokida Vatanni madh etuvchi kuy va qo`shiqlar ijro qilindi.
Tadbir yakunida maktab direktori maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosariga va barcha sinf rahbarlariga o`z minnatdorchiligini bildirdi. 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlab o`tkazilgan tadbir maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi R. Rajapova tomonidan o`qilgan she’riy satrlar bilan yakunlandi.
O’zbekning o’g`lonlari botir bo’lsin, mard bo’lsin.
Vatan uchun shahidlarning poylaridan gul unsin.
O’z yurtiga jonin fido qilganlarga ming rahmat
Ular nomi yuraklarda o’chmas deymiz toabad.