
Kitob xazina, bilim boylik
Qadim zamonlardan kitob odamni tarbiyalaydi. Har qanday zamonda ham kitoblarga bo`lgan ehtiyoji odamlarni doim o`ziga jalb qilib kelgan. Ayniqsa, hozirgi davrda deyarli barcha kitoblar rangli ko`rinishda, eng muhimi xohlagan tilingizda topish imkoni bor. Kitoblarni onlayn o`qish imkoniyati ham yaratigan.
Kitobsevarlikni targ`ib qilish, yoshlarni kitob olib u bilan do`st bo`lishga undash maqsadida Xorazm viloyati Gurlan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limiga qarashli 38-umumiy o`rta ta’lim maktabida kitob marafoni bo`lib o`tdi. Marafonda maktabning barcha sinflari uchun mos keluvchi adabiyotlar, o`zbek va jahon ertaklari, maqollar, she’riy to`plar va boshqa turdagi ko`plab yangi nashrdagi katta-kichik asarlar o`quvchilarga havola qilindi. Maktab kutubxona fondi uchun maktabning bitiruvchi o`quvchilari tomonidan turli mavzulardagi badiiy asarlar sovg`a qilindi. Yuqori tashkilotlar tomonidan yana shunday kitob yarmakalarini tashkil qilishni so`rab qolamiz, zero, kitob hamisha insoniyatni ezgulikka va ilmga chorlab kelgan.