Xorazm viloyati, Gurlan tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 1-PREZIDENTI I. KARIMOV XOTIRASIGA

Bugun O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug'ilgan kun. Mazkur sana munosabati bilan 38-umumiy o`rta ta’lim maktabida xotira tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda maktab direktori N. Bekimmetova nutq so`zlab, Islom Karimovning hayoti mazmuniga aylangan mustaqil O`zbekistonning ozodligi yo`lida qilgan say-harakatlariga, gullab yashnashi uchun amalga oshirgan ishlariga to`xtaldi. 
Islom Karimov suveren va mustaqil O'zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta'minlash ishiga qo'shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko'rsatganligi uchun "O'zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" va "Amir Temur" ordenlari bilan taqdirlangan.
O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni, 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. U 2016 yil 3 sentyabrda Samarqand shahrida dafn etildi.
Xalqimiz istiqlol yillarida erishilgan salmoqli yutuqlarni haqli ravishda I.Karimov nomi va faoliyati bilan bog'laydi. I.Karimov porloq xotirasi doimo qalbimizda.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@gurlan38-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili